AsosiyDunyo

AQShning Fergyuson shahrida tartibsizliklar davom etmoqda

AQShning Missuri Shtatidagi Fergyuson shahrida bir necha kundan beri tartibsizliklar bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Reyter agentligi xabar beradi.

10 avgust kuni polisiyachi do`kondan sigareta o`g`irlagan 18 yoshli, qora tanli o`smir Maykl Braunni otib tashlagan. Ushbu voqea tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Agentlikning xabar qilishicha, namoyishlarda 400 kishi qatnashdi, ular orasida ayol va bolalar ham bor. Voqea joyiga etib kelgan huquqni muhofaza qilish organ xodimlari namoyishchilarni tarqatish uchun ko`zni yoshlantiradigan granatalar ishlatishgan.  Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, namoyishchilar tajovuzkorona harakatlar amalga oshirishmoqda.

Shanba kuni Fergyuson shahriga Federal qidiruv byurosining 40 nafar xodimi kelgan.  Ular o`smirning o`limi bo`yicha tergov ishlarini olib borishadi. 

    Boshqa yangiliklar