AsosiyDunyo

Fransiyada Saudiya shahzodasi tunab ketildi

Parijda Saudiya Arabistoni elchixonasiga tegishli mashinada ketayotgan shahzodaga qurolli shaxslar xujum qilishgan. Bu haqda vesti.ru nashri xabar beradi.

Ushbu o`g`rilik Saudiya podshoxligining qaysi vakili bilan sodir etilgani oshkor qilinmayapti. Ma`lumotlarga ko`ra, shahzodaning 250 ming evro miqdordagi pullari va avtomobili tortib olingan. Bundan tashqari, dimplomatik vazifalar yozilgan xujjat va shahzodaning shaxsiy buyumlari olib ketilgan. 

Eslatib o`tamiz, Hodisa sodir etilgan Ruassi-Sharl de Goll va Le-Burje ko`chalaridagi ushbu katta o`g`rilik birinchisi emas. 2010 yilning fevral oyida ham Kievning o`sha davrdagi meri Leonid Chernoveskiyning qizi Kristinaning 4,5 million evrolik qimmatbaho taqinchoqlari o`g`irlangandi. 

    Boshqa yangiliklar