1

Shavkat Mirziyoev Erdog`anni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

Siyosat 25.06.2018, 09:26
Shavkat Mirziyoev Erdog`anni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

24 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Suhbat boshida Davlatimiz Rahbari Rejep Tayyip Erdog`anni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida O`zbekiston-Turkiya ko`p asrlik do`stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur`atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar, shuningdek, ikki mamlakat o`rtasidagi keng qamrovli va ko`p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Muloqot so`ngida O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari barcha sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor qayd etishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1