1

Shavkat Mirziyoev Erdog`anga tabrik maktubi yo`lladi

Siyosat 25.06.2018, 14:10
Shavkat Mirziyoev Erdog`anga tabrik maktubi yo`lladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog`anga tabrik maktubi yo`lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, oldinroq Prezident Erdog`an bilan telefon muloqoti chog`ida uni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, katta muvaffaqiyatlar tilagandi.

Ma`lumot uchun, Erdog`on 53 foizga yaqin ovoz to`plab g`alaba qozondi va yangi besh yillik muddatga saylandi. Uning asosiy raqibi, muxolifatdagi Xalq respublikachilar partiyasi Muharram Inje 30 foizga yaqin ovoz to`plagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1