WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj yaqin kunlarda Londondagi Ekvador elchixonasini tark etishi mumkinligini ma`lum qildi. Assanj u erda Britaniya hukumatidan saqlanmoqda.
“Yaqin kunlarda men elchixonani tark etaman”,-dedi Assanj. Ammo, u qay tarzda va qachon tark etishini aytmadi, deya xabar beradi "RIA Novosti".
Avvalroq OAV vakillari Assanjning betobligi haqida xabar berishgandi.
Eslatib o`tamiz, Assanj ikki yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida bo`lib turibdi. Assanj britaniya hukumati uni Shvesiyaga yuborishidan xavfsiramoqda. U erda Assanj ayolni zo`rlash ishi bo`yicha tergovdan o`tkaziladi. Assanjning advokatlari esa Shvesiya o`z navbatida uni AQSh hukumatiga topshirishini aytishmoqda.
WikiLeaks – xalqaro notijorat tashkilot bo`lib, anonim manbalardan olingan maxfiy hujjatlarni chop etgan. Sayt 2006 yil ishga tushirilgan. Sayt faoliyatining birinchi yilida 1,2 milliondan ortiq maxfiy hujjatlarga ega bo`lgan.