AsosiyShou-biznes

Mashhurlar 100 dollar to`lamaslik uchun muzdek suvni ustilaridan quyishmoqda

So`nggi kunlar ichida ijtimoiy tarmoqda xayriya xarakteriga ega ommaviy  tadbir xarakatlari kuzatilmoqda.  Ushbu aksiyada mashhurlar ham ishtirok etishmoqda.

BuuzFeed nashrining yozishicha, tadbirning asosiy maqsadi odamlarni asab tizimining amiotrofik skleroz nomli kasalligi haqida xabardor qilishdir. Ushbu kampaniyani qo`llab-quvvatlamoqchi bo`lgan kishilar o`z ustilaridan muzdek suvni quyib, ijtimoiy tarmoqqa joylashlari kerak.

Shundan so`ng, ular o`z do`stlariga ushbu harakatni amalga oshirishini talab qilishlari mumkin. Agarda u 24 soat ichida shartni bajarmasa,  ushbu tadbirni tashkil etgan ALS Association fondiga 100 AQSh dollari miqdorida xayriya mablag`ini to`lashi kerak bo`ladi.

Hozirga kelib, ustidan muzdek suvni quyganlar ro`yxatida Mark Sukerberg, Bill Geyts, Krishtianu Ronaldu, Stiven Jerrard, Jennifer Lopes, Selena Gomes, Jastin Biber, Jastin Timberleyk va boshqa ko`pgina yulduzlarni ko`rishimiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar