AsosiyDunyo

Ukrainada halokatga uchragan Boeing tergov ishlarining hisoboti avgust oxirida e`lon qilinadi

17 iyul kuni Ukraina hududida halokatga uchragan Boeing samolyoti bo`yicha tergov ishlarining dastlabki hisoboti avgust oyi oxirida e`lon qilinadi. Bu haqda Xavfsizlik kengashida Buyuk Britaniyaning doimiy vakili Layl Grant ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya federasiyasi talabi bilan dushanba kuni yopiq eshiklar ortida siyosiy masalalar bo`yicha bosh kotib yordamchisi Oskar Fernandes-Tarrankoning aviahalokat tergov ishlarining olib borilishi to`g`risidagi hisoboti tinglangan.

BMT xavfsizlik kengashi vakili tergov ishlari hisoboti maxfiy yuritilmasligini ma`lum qildi. “Ushbu hisobot hukumatlar uchun mo`ljallanmagan. Hujjat  ommaga taqdim etiladi”,-dedi u.

Eslatib o`tamiz,  Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk  viloyatida qulagan.  Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar