Mashxur aktyor Jeki Channing o`g`li Jeysi Chan Pekinda narkotik moddalar tufayli qo`lga olindi, bu haqda 24smi.org nashri South China Morning Post gazetasi ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, u do`sti Tayvanlik aktyor Ke Chjendun bilan birga bo`lgan. Fan Szumin nomi bilan ham mashxurlik qozongan Jeysi Chan komedik jangari filmlaridagi rollari bilan dunyoga mashxur.
O`z intervyularining birida aktyor Jeki Chan “agar men mashxur bo`lmaganimda ham o`g`lim albatta mashxur inson bo`lardi” degan edi.
Tarqalgan ushbu ma`lumotning aniqligi borasida ushbu gazetadan boshqa nashrlarda xabar berilmagan. Bu uydirma bo`lishi ham mumkin. Biroq shunday bo`lsada, kichik Channing muxlislari sevimli aktyorlarining taqdiridan xavotirda.