AQShning Community Health Systems tibbiyot tashkilotlarida davolangan 4,5 million nafar bemorlar haqidagi ma`lumotlar xitoylik xakerlar tomonidan o`g`irlangan. Kompaniyaga jami ikki marta kiberxujum uyushtirilgan. Bu haqda interfax.ru nashri xabar beradi.
Bemorlarning to`liq ismi, tug`ilgan yili, uy manzillari, telefon raqamlari, ijtimoiy sug`urtalariga oid ma`lumotlar ma`lumotlar bazasidan o`g`irlangan.
Bugungi kunda Community Health Systems kompaniyasi AQShning 29 shtatidagi 206 shifoxonaga xizmat ko`rsatadi.