Xitoy hukumati China Eastern Airlines aviakompaniyasi bilan sodir bo`lgan voqea yuzasidan tergov o`tkazmoqda.
Samolyot ish joyida uxlab qolgan dispetcher sababli qo`nishni ikkinchi urinishda amalga oshirdi. Mahalliy OAVlarning xabar qilishicha, voqea iyul oyida sodir bo`lgan, ammo, endigina ommaga ma`lum qilindi.
Xabarlarda yozilishicha, 8 iyul kuni Sanya-Uxan reysini amalga oshirayotgan samolyot ekipaji qo`nish vaqtida dispetcher bilan aloqaga chiqa olmagan va ikkinchi urinishga majbur bo`lgan.
Ma`lum bo`lishicha, navbatchi dispetcher ish joyida uxlab qolgan. Shundan so`ng, fuqarolik avialayneri boshqa aloqa kanallaridan foydalanib, aloqaga chiqqan.