O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 19 avgust kuni davlat tashrifi bilan Pekinga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA xabar beradi.
Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar chog`ida o`zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqboli muhokama etiladi. O`zbekiston va XXR o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning asosiy yo`nalishlari bo`yicha atroflicha fikr almashiladi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko`rib chiqiladi.
Muzokaralar yakunida Qo`shma deklarasiya qabul qilish, O`zbekiston va Xitoyning turli sohalardagi hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi mo`ljallangan.





