Xitoyning Nankin shahrida o`tkazilayotgan o`smirlar olimpiya o`yinlarida hamyurtimiz Vladimir Svechnikov 10 metr masofadan to`pponchadan o`q otish bo`yicha mikst bahslarida oltin medalga sazovor bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bolgariyalik Lidiya Nencheva bilan bahslarga kirishgan sportchimiz saralash bosqichida Norvegiya / Fransiya sportchilaridan iborat juftlikni mag`lub etib, yarim finalda Hindiston / Sloveniya davlati vakillarini, finalda esa Singapur / Misr duetini engdi.
O`zbekiston delegasiyasi ayni paytga kelib 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo`lga kiritgan holda umumjamoa (norasmiy) hisobda 27-o`rinda bormoqda. Medallarni qo`lga kiritish borasida Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o`rinda boryapmiz.