1

O`zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi

Siyosat 28.06.2018, 10:20
O`zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi

Prezidentning 2018 yil 27 iyulda “O`zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O`zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Quyidagilar markazning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlari etib belgilandi:

- ShHT mamlakatlari o`rtasida o`zaro ishonch va yaxshi qo`shnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizasiyalararo muloqotni kuchaytirishga ko`maklashish;

- ShHT mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda, delegasiyalarning o`zaro tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish;

- ShHT mamlakatlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari o`rtasida do`stona hamkorlik muhitini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- ShHT mamlakatlari o`rtasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko`maklashish, axborot resurslarini shakllantirish hamda ShHTning maqsadlari, vazifalari, faoliyatining ustuvor yo`nalishlari va asosiy prinsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, ShHT mamlakatlarining madaniy-gumanitar sohada erishgan yutuqlari to`g`risida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borish;

- ShHT mamlakatlari va ularning xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, o`zaro ishonch va yaxshi qo`shnichilik ruhini mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan foydalanish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1