Hinistonlik 8 yoshli bolakay shahardagi barcha shifokorlarni hayratga solmoqda. Ayni damda uning har bir kaftining og`irligi 8 kilogrammga etdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar beradi.
Kalim ismli bu bolakay oddiy yumushlarni ham bajarishga qiynaladi. Aynan shu sababli ham u maktabga bomay qo`ydi va yana ko`plab narsalardan voz kechdi.
“Maktabga do`stlarim va o`qituvchilarining qo`llarimdan qo`rqqanlari sababli bormayman. Aksariyat holatlarda ular meni masharalashadi, xafa qilishadi. Chunki men boshqa barcha o`rtoqlarim qila oladigan odatiy yumushlarni ham qila olmayman” - deydi Kalim. Kalimning ota-onasi bir oyda 25 AQSh dollari miqdorida mablag` topishadi. Shunday bo`lsada, ular Kalimning dardiga davo berishi mumkin bo`lgan shifokorni qidirishmoqda. Ayni vaqtgacha ular murojaat qilgan hech bir shifokor bolakayning kasalligini davolay olishmaydi.