AsosiyDunyo

Xitoylik fuqaro sevgilisiga xot-dog yordamida sevgi izhor qildi

Sichuan provinsiyasida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Van Chu 27 yoshli sevgilisi Chjen Xuan Kangga o`z dil izhorini qanday qilib etkazishni juda uzoq o`yladi. Nihoyat u 1001 dona xot-dogni sotib oldi va ular yordamida "love" ya`ni “sevaman” so`zini yasadi. Shu orqali u sevgilisining qo`lini so`radi. Bu haqda www.glunews.ru nashri xabar beradi.

Gap shundaki, yigit va qiz xot-dog savdo shahobchasi oldida tanishishgan. Aynan shu sababli ham Van Chu sevgi izhorida unga yordam berishi uchun xot-doglarni tanladi.

Sevgilisining roziligidan so`ng, Van to`y tez orada bo`lishi, dastruxonda esa asosiy taom sifatida xot-dog abatta tortilishini ma`lum qildi.  

    Boshqa yangiliklar