AsosiyDunyo

Misrda avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 33 kishi halok bo`ldi

Sharm-ash-Shayx shahridan  50 km uzoqlikda ikki yo`lovchi avtobus to`qnashib ketdi.

Shahar yaqinida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi oqibatida 33 kishi halok bo`ldi, 41 kishi jarohatlandi. 

ITAR-TASS agentligining yozishicha, zarba kuchli darajada bo`lganidan avtobuslarning biri ag`darilib ketgan. 

Jarohatlanganlar orasida 4 nafar chet el fuqarosi bor. Ular: 20 yoshli Ukraina fuqarosi, ikki nafar Saudiya Arabistoni fuqarosi - ona va uning ikki yoshli farzandi hamda Yaman fuqarosi.

Ular Sharm-ash-Shayxdagi xalqaro shifoxonaga etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar