Buyuk Britaniya maxsus xizmati amerikalik jurnalist Jeyms Foulni o`ldirgan jallod shaxsini aniqladi.
Qatl aks etgan videolavhalar orqali maxsus xizmat xodimlari jurnalistni londonlik Jon Bitl o`ldirganligini aniqladi, deb xabar beradi The Sun nashri.
Bunga jallodning Ingliz tilining London lahjasida gapirgani guvohlik bermoqda.
Britaniya nashrining yozishicha, gap terroristik guruhga a`zo bo`lgan yosh britaniyalik haqida ketmoqda.
“BBC”ning xabar berishicha, Jon Bitlning jangarilar guruhi yana 20 ga yaqin kishini asirlikda saqlamoqda.
Jeyms Foul uchun «Iroq islom davlati» jangarilari 100 mln AQSh dollar talab qilishdi. Qayd etilishicha, Foulning akasi AQSh xarbiy kuchlarida xizmat qiladi.
Eslatib o`tamiz, 20 avgust kuni avval ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik erkin jurnalist Jeyms Foulni qatl etish jarayoni aks etgan videolavha paydo bo`lgandi.