AsosiyDunyo

149 nafar farzandning otasi 24 ayolga uylangani uchun javobgarlikka tortildi

'149 nafar farzandning otasi 24 ayolga uylangani uchun javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyat sudi mahalliy fuqaro Uinston Blekmorga nisbatan 24 ta ayolga uylangani uchun jazo tayinladi, deb xabar berdi knews nashri.

Sud qaroriga binoan Blekmor 6 oy mobaynida uy qamog`ida saqlanadi. Shu bilan birga unga 150 soat jamoat ishlariga jalb etish jazosi ham qo`llanadi.

Blekmor birinchi marta 1975 yilda uylangan. 61 yoshli Blekmorning xotinlaridan 4 tasi nikoh paytida 15 yoshda bo`lgan. Uning barcha ayolidan 149 nafar farzandi bor.

Ta`kidlash joiz, kanadalik Blekmor Muqaddas Iso Masih Mormon fundamental cherkovi a`zosi bo`lgani uchun oldin javobgarlikka tortilmagan. Chunki, u erda oldin ko`pxotinlik qadriyatlari saqlanib qolingan edi. Bu bilan uning din erkinligi e`tiqodiga qarshi chiqishgan bo`lishardi.

    Boshqa yangiliklar