1

Prezident o`yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Siyosat 29.06.2018, 12:38
Prezident o`yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev o`tgan yili Olmazor tumanida bo`lganida Toshkent o`yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo`yicha topshiriq bergan edi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari ushbu fabrikaga tashrif buyurib, bajarilgan ishlarni ko`zdan kechirdi.

Bu erda “NBU Investment” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. “Toys City”, “O`yinchoqlar Fabrikasi”, “Funny Kids World”, “National Products” va “United Nation company” kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va o`yinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish o`rni yaratiladi.

Bugungi kunda “Toys City” korxonasi ishga tushirilgan bo`lib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yo`lga qo`yilgan.

Shavkat Mirziyoev mazkur korxonada o`yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1