1

Shavkat Mirziyoev: O`zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli

Siyosat 29.06.2018, 13:59
Shavkat Mirziyoev: O`zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazini borib ko`rdi, deb xabar berildi davlat rahbarining veb-saytida.

Bu erda qurilish va ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan. 450 o`rinli konsert zali, to`garak xonalari, sport zallari ta`mirlanib, zamonaviy jihozlangan.

Davlatimiz rahbari jamiyat a`zolari bilan muloqot qilib, ularning dardu tashvishlari, sohadagi kamchiliklarni so`radi.

Kar-soqov bolalarni o`qituvchi mutaxassislar va surdotarjimonlar tayyorlash masalasiga e`tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoev aholining mazkur qatlami savodxonligi, tarbiyasi, ishlashi, dam olish va davolanish sharoitlarini yaxshilash maqsadida alohida qaror tayyorlash bo`yicha topshiriq berdi.

Shaxmat bo`yicha jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo bo`yicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, yosh rejissyor Oleg Oshipenkoga Toshkent shahridan uy, madaniyat markazi uchun ikkita avtobus sovg`a qildi.

Bilasizki, davlat xalqqa xizmat qiladi, degan tamoyilni o`zimizga maqsad qilib olganmiz. Sizlar ham jamiyatimizning munosib a`zosisizlar. Ushbu sohaga hamma sharoitlarni yaratamiz. O`zbekistondagi har bir odam men uchun qadrli, dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta`minlashni rag`batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida alohida toifadagi tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash, nogironligi bo`lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etishga imtiyozlar berilgan.

Shu maqsadda O`zbekiston karlar jamiyati hududida tikuvchilik korxonasi tashkil etilgan. Unga 100 dan ziyod xotin-qiz ishga joylashtirilgan.

Prezidentimiz ushbu korxonani ko`zdan kechirdi, tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Amalga oshirilayotgan bunday ishlar izchil davom etishini, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ish joylari tashkil etishga alohida e`tibor qaratilishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1