1

Prezident aholi osoyishtaligini mustahkamlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Siyosat 29.06.2018, 15:11
Prezident aholi osoyishtaligini mustahkamlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi 2-sonli ichki ishlar bo`limiga tashrif buyurdi.

Mazkur bo`lim Olmazor tumanidagi “Shifokorlar”, “Jiydali”, “Hislat”, “Beruniy”, “Mirza G`olib", “Chig`atoy Oqtepa” kabi mahallalarni tasarruf etadi. Hududda ko`p qavatli uylar, oliy ta`lim muassasalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob`ektlar talaygina.

Kuni kecha bo`lim xodimlari yangi binoda ish boshladi. Ular o`z xizmat vazifalarini sifatli bajarishi, jamoat xavfsizligini ta`minlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Prezidentimiz sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, hududni kechayu kunduz kuzatib, aholining osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1