AsosiyDunyo

Endilikda Venesuelada mahsulotlar savdosi barmoq izlari asosida amalga oshiriladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi do`konlarda sotiladigan tanqis mahsulotlar endilikda barmoq izlari orqali sotilishini nazorat qilmoqda. Bu haqda novobzor.ru nashri xabar beradi.

Oxirgi vaqtlarda Venesuelada narxi davlat tomonidan belgilangan mahsulotlarning tanqisligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari mamlakatdagi ana shunday mahsulotlar qo`shni Kolumbiyaga kontrabanda sifatida jo`natilayotgani haqidagi ma`lumotlar bor. Aytish lozimki, ushbu mahsulotlar Kolumbiyada Venesuladagiga nisbatan 40 foiz qimmatroqdir. Ma`lumotlarga qaraganda, bunday moslamalar o`rnatish ishlari shu yilning 30 noyabrigacha amalga oshiriladi. 

    Boshqa yangiliklar