Mashxur futbolchi Devid Bekxemning rafiqasi Viktoriya Bekxem The Outnet onlayn-do`koni hamda Christie's auksion uyi bilan hamkorlikda o`zining 600 dan ortiq liboslarini auksionga qo`ymoqda.
Auksion shu yilning 20 avgustidan 25 avgustiga qadar davom etadi, deb yozadi Vogue.ua nashri.

“Barcha ko`ylaklarimni ko`zdan kechirar ekanman, ko`plab liboslarimni ko`rib, hayotimdagi Devid va bolalar bilan bog`liq baxtli kunlarni esladim. Liboslarimning aksariyati aynan men uchun mashxur dizaynerlar tomonidan yaratilgan. Men ularni zavq bilan kiyganman, o`ylaymanki bunday zavqni boshqalar ham his qilishi kerak. Shu sababli ularni auksionga qo`ydim” deydi Viktoriya.






