Tripolidan 60 km uzoqlikda kemaning halokatga uchrashi oqibatida 170 nafar muhojirlar bedarak yo`qoldi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
Taxtadan yasalgan kema 22 avgust kuni cho`kib ketgan. Sohillardan bir necha kilometr uzoqlikda kema bo`laklari topildi. Sohil qo`tqaruv xizmati 16 kishini qutqarib oldi va 15 kishining jasadini topdi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma`lumotiga ko`ra, halok bo`lganlarning millati hali aniqlanmagan.