23 avgust, Ukraina davlat bayrog`i kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning o`g`li Kievdagi cherkovlarning birida hushidan ketib qoldi.
Hushidan ketgan Mixailni, uni ortida turgan mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yushenko ushlab qoldi. Voqea aks etgan video Youtube videoxostingiga joylangan.
Eslatib o`tamiz, 7 iyun kuni Ukraina prezidenti etib saylangan Pyotr Poroshenkoning inaugurasiyasida prezident polkining askarlaridan biri yiqilib tushgandi.
Ukraina OAVlarining xabar qilishicha, ushbu voqea tufayli prezident polkining 10 nafar askari Ukraina sharqida davom etayotgan xarbiy operasiyalarga yuborilgandi.