AsosiySport

Jomboylik aka-uka «Real Madrid»ga chaqirildi

'Jomboylik aka-uka «Real Madrid»ga chaqirildi'ning rasmi

Jomboy tumanidagi O`rtabo`z mahallasida istiqomat qiluvchi Shuhratjon va Shohjahon Mamatovlar bir necha yillardan beri tumandagi bolalar va o`smirlar sport maktabida futbol bilan shug`ullanishadi.

Aka-ukalar mehnat faxriysi Ivan Kostrikin tashkil etgan tuman yoshlar futbol jamoasi tarkibida sport sirlarini o`rganishmoqda. Jamoa yaqinda Bolgariyada o`tkazilgan o`smirlar o`rtasidagi musobaqada o`z mahoratlarini namoyish etishdi.

– Quvonarlisi, xalqaro musobaqada ishtirok etgan “Real Madrid” futbol klubi mutaxassislari jamoamizga alohida e`tibor qaratishdi, – deydi murabbiy I.Kostrikin. – Ayniqsa, Shuhratjon va Shohjahonning o`ziga xos o`yin uslubi e`tirof etildi. Musobaqa yakunida bu ikki yosh sportchilarimiz “Real Madrid” futbol klubi qoshidagi xalqaro sport maktabida o`qishga taklif qilindi. Ayni kunlarda ularning safar hujjatlari tayyorlanmoqda.

Orifjon Odilov, Sohib Sayfullaev (foto)

    Boshqa yangiliklar