AsosiyJamiyat

O`zbekiston Ichki ishlar vaziri va Toshkent shahar IIBB boshlig`iga maxsus unvonlar berildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 22 avgustdagi PF-4643-sonli Farmoniga binoan el yurt-osoyishtaligini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi fidokorona xizmatlari hamda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Adham Akramovich Axmedbaevga«general-leytenant» maxsus unvoni, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Mirsamad Agzamovich Adilovga«general-mayor» maxsus unvoni berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar