Meksika terma jamoasi kecha o`yin bo`lib o`tadigan "Samara Arena"da rasmiy mashg`ulot o`tkazdi.
Qizig`i, ana shu mashg`ulotda jamoaning asosiy hujumchisi Xaver Ernandes yangicha tashqi ko`rinishda paydo bo`ldi. Chicharito sochlarini mutlaqo oq rangga bo`yab olgan, deb yozmoqda Olamsport nashri.


Chicharitodan tashqari Migel Layyun ham sochini oq rangga bo`yagan.

Huddi shu ishni terma jamoaning yana bir hujumchisi Xesus Korona ham amalga oshirgan. Nima uchun bu futbolchilar bir vaqtda bu ishni qilganliklari bizga ma`lum emas.







