JCh-2018 nimchorak final doirasidagi Belgiya - Yaponiya uchrashuvi bo`lib o`tdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Uchrashuv davomida 0:2 hisobida ortda borayotgan belgiyaliklar yakunda ajoyib kambekni amalga oshirishdi. Ular nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki so`nggi soniyalarda gol kiritib, g`alabani o`z tomonlariga og`dirib olishdi.
Shu tariqa, Belgiya terma jamoasi Rossiya mezbonlik qilayotgan mundialdagi yurishini davom ettiradi. Keyingi bekat - chorak final va undagi raqib - Braziliya!






