AsosiySport

Murodjon Ahmadaliev Argentinalik raqibga qarshi jang qiladi

'Murodjon Ahmadaliev Argentinalik raqibga qarshi jang qiladi'ning rasmi

Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempionati finalchisi, Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliev professional ringdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o`tkazadi, deb xabar berdi MOQ.

Ahmadaliev o`sha kuni argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko`tariladi. Ma`lumot uchun, Molina bungacha professional ringda 12ta jang o`tkazgan. Shu janglarning 7tasida u raqiblarini mag`lub etgan (2tasida nokaut evaziga). To`rtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.

Murodjon esa prof boksda ikki marotaba jang o`tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratgan.

    Boshqa yangiliklar