Yakshanba kuni noma`lum xakerlar Qirg`iziston hukumatining rasmiy saytiga hujum uyushtirishdi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Saytga kirish vaqtida avvaliga, sahifaning xavfli ekanligi haqidagi xabar, so`nggra FOREX valyuta bozori sahifasi namoyon bo`lgan.
“Ular shunchaki kompyuter bezorilari bo`lishsa kerak”,-dedi hukumat matbuot kotibi.
Hozirda mutaxassislar muammo sabablarini aniqlab, uni bartaraf etishmoqda. Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu voqea yuzasidan tergov ishlari o`tkaziladi. Xabarda qayd etilishicha, Qirg`iziston hukumat sayti ko`p bora xakerlar hujumiga uchrab turadi. Ulardan eng shov-shuvlisi 2007 yil parlament saylovlaridan ikki kuni avval sodir etilgan.