Bortida 172 yo`lovchi bo`lgan Boing 757 layneri Twitter orqali kelgan “laynerda bomba joylashtirilgan” degan xabardan so`ng zudlik bilan qo`nishga majbur bo`ldi, deb yozadi bigmir.net nashri.
Xabar samolyot yo`lovchilar orasida ketayotgan Sony Online Entertainment kompaniyasi prezidenti Jon Smedlining Twitter'dagi akkauntiga kelgan.
Shoshilinch ravishda Arizona shtatidagi Feniks aeroportiga qo`ndirilgan samolyotdagi barcha yo`lovchilar evakausiya qilingan.
Ma`lum bo`lishicha, xabar Lizard Squad nomi ostidagi xakkerlar tomonidan yuborilgan.