AsosiySport

Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyadan ustun keldi

'Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyadan ustun keldi'ning rasmi

JCh-2018 nimchorak finalining so`nggi bellashuvida Angliya terma jamoasi Kolumbiyani mag`lubiyatga uchratdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Uchrashuvning 57-daqiqasida Garri Keyn o`ziga nisbatan ishlatilgan qo`pollikdan keyin belgilangan penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bu Harrining JChdagi oltinchi goli sifatida qayd etildi.

O`yin shu hisob bilan yakunlanib borayotgan bir paytda kolumbiyalik markaziy himoyachi Yerri Mina burchakdan uzatib berilgan to`pni boshi bilan darvozaga yo`naltirdi - 1:1. Bu Minaning qatorasiga uchinchi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan goli bo`ldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida g`olib nomi aniqlanmagach, tomonlar 15 daqiqadan iborat ekstra taymlarni o`tkazishdi. Unda ham gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi. Penaltilar seriyasida esa omad inglizlarga kulib boqdi. Inglizlar JCh-2018ning so`nggi chorak finalchisiga aylanishdi.

    Boshqa yangiliklar