Dushanba kuni Fransiya bosh vaziri Manuel Vals hukumatning iste`foga chiqqanini ma`lum qildi. Bu haqda Elisey saroyi bayonotiga asoslanib “RIA Novosti” xabar beradi.
Fransiya prezidenti hukumat iste`fosini qabul qildi va Fransiya bosh vaziri Manuel Valsga vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tuzishni buyurdi.
Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, vazirlar mahkamasining iste`fosi Fransiya iqtisodiyot vaziri Arno Monteburning tanqidi bilan bog`liq. Iqtisodiyot vaziri mamlakat prezidenti Olland va bosh vazir Vals olib borgan iqtisodiy siyosatini tanqid qilgan. Shuningdek, Germaniya ham Monteburning tanqidiga uchradi.
Keyinchalik Fransiya bosh vaziri Monteburning bayonoti yuzasidan izoh berib o`tdi.
“Montebur chegarani bosib o`tdi. Iqtisodiyot vaziri hukumat siyosati va uning hamkorlariga nisbatan bundan fikr bildirishi mumkin emas”,-dedi Manuel Vals.