AsosiyDunyo

Ispaniya gvardiyasi Marokash qirolini jinoyatchi bilan adashtirib yubordi

Ispaniya fuqarolar gvardiyasi xodimlari Marokash qiroli Muhammad VI ni jinoyatchi bilan adashtirib yuborishdi. Bu haqda  El Mundo nashri xabar bermoqda.

Voqea 7 avgust kuni Ispaniyaning shimoliy sohillarida sodir bo`lgan. Qirol yozgi ta`tilni o`tkazgani kelgan bo`lgan. Ikki kater va uch gidrosiklni ko`rgan Ispaniya fuqarolar gvardiyasi xodimlari tekshiruv o`tkazishga qaror qilishgan. Ular qiroldan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishgan, bu esa o`z navbatida qirol g`azabini keltirgan.

Nashrning yozishicha, ushbu hududda kemachalar yordamida afrikalik muhojirlar va jinoiy guruhlarning giyohvand moddalarni tashish holatlari ko`p kuzatilgan.  

Shundan so`ng, Marokash qiroli darhol Ispaniya qiroli Felipe VI’ga qo`ng`iroq qiladi. Ispaniya qiroli esa Ichki ishlar vaziri Xorxe Fernandes Dias bilan bog`lanadi. Natijada gvardiyaning yuqori lavozimdagi shaxslar Marokash qiroli huzuriga tashrif buyurib, undan kechirim so`rashdi. Qirol esa javoban gvardiyachilar o`z ishlarini a`lo darajada bajarganliklarini, ammo, unga nisbatan hurmatsizlik qilishganini aytgan.

    Boshqa yangiliklar