Bir necha kun oldin turli internet nashrlarida Britaniya gersoginyasi Keyt Midlton qirolicha Elizaveta II bilan janjallashib qolgani, bunga sabab esa keksa qirolichaning yoshlar hayotini doimiy ravishda nazorat qilishga urunayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Endilikda internet nashrlarida gersoginya Keyt Midltonning rasmiy tadbirlarda oilaning rasmiy vakili sifatida ishtirok etishi haqidagi ma`lumotlar tarqaldi. Bu haqda tv.ua nashri xabar beradi.
Shu yilning 20-21 sentyabrida Maltaga bo`ladigan tashrifda gersoginya Britaniya qirolligini nomidan qatnashadi. Keyt bu borada tajribaga ega emas. Barcha tadbirlarda u turmush o`rtog`i shahzoda Uilyam bilan birgalikda qatnashgan.
Keytga bu vazifani shaxsan qirolicha Elizaveta II ishonib topshirgan. Ma`lumotlarga ko`ra, gersoginya Keyt Midlton ushbu tadbirga katta tayyorgarlik ko`rmoqda.