Kecha mahalliy vaqt bilan tahminan soat 23:00 larda Shimoliy vokzal yaqinida Neksiya rusumli avtomobil piyodani urib yuborgan. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Guvohlarning fikrlariga qaraganda, ayol piyodalar o`tishi mumkin bo`lmagan joydan ko`chaning narigi betiga o`tayotgan bo`lgan. To`qnashuv natijasida Neksiya avtomobili ustunga urilgan, olingan jarohat tufayli esa ayol voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o`tamiz, bundan bir hafta oldin Shimoliy vokzal yaqinida yana bir yo`l transport hodisasi yuz bergandi. Ushbu YTHda motosikl haydovchisi xalok bo`lgandi.





