AsosiyDunyo

Putin va Poroshenko ilk bora uchrashishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ilk bora rasman uchrashishdi. “ITAR-TASS”ning xabar berishicha, uchrashuv 2 soat davom etgan.

Ikki prezident muloqoti 26 avgust kuni, Minsk shahrida yopiq eshiklar ortida o`tdi.

Uchrashuvda bir qator masalalar, hususan, Ukrainadagi vaziyat, energetika, Ukraina sharqida davom etayotgan to`qnashuvlarni to`xtatish va boshqa zarur masalalar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat prezidenti joriy yilning iyun oyida Normandiyada ko`rishishgan edi. Ular Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland ishtirokida 10 daqiqa davomida “tik oyoq”da suhbatlashishgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar