2014-yil 26-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi, joriy yilning iyul oyidan buyon Toshkendagi diplomatik korpus duayeni Ramdan Mekdudni qabul qildi.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar O`zbekiston-Jazoir hamkorligining ikki tomonlama formatdagi holati va rivojlanish istiqbollarini, ko`p tomonlama tashkilotlar doirasidagi o`zaro munosabatlarni muhokama etdilar.
Suhbatdoshlar ba`zi xalqaro va mintaqaviy masalalar bo`yicha fikr almashdilar. Elchi iltimosiga binoan, diplomatik korpus duayeni faoliyati bilan bog`liq masalalar ham ko`rib chiqildi.





