Rossiyada kechayotgan futbol bo`yicha jahon chempionatining ilk yarim finalchisi aniqlandi, deya xabar bermoqda News.sportbox.ru nashri.
Nimchorak finalda Portugaliyadek kuchli terma jamoani ortda qoldirgan Urugvay terma jamoasi chorak finalda Fransiya futbolchilariga qarshi kechgan o`yinda g`alabadan mahrum bo`lishdi. Rafael Varan hamda Antuan Grizmanning gollaridan so`ng Fransiya terma jamoasi birinchi bo`lib yarim finalga yo`l oldi.







