AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi'ning rasmi

Qozog`iston poytaxtidagi Mustaqillik saroyida 6 iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan ushbu tadbirda ishtirok etdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari ushbu tarixiy sana bilan Qozog`iston xalqi va Prezident Nursulton Nazarboevni samimiy tabrikladi.

Ostona shahri yangi, mustaqil va izchil rivojlanayotgan Qozog`istonning yorqin timsolidir. Uning qiyofasida qozoq xalqining boy madaniyati va an`analari, zamonaviy arxitektura yutuqlari mujassam. Bu shahar yirik iqtisodiy va moliyaviy markaz, xalqaro forum va uchrashuvlar uchun qulay maydon hamdir, dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar