AsosiyDunyo

Meksikalik desantchi samolyotga ilinib qoldi (VIDEO)

Meksikalik harbiy 900 metr balandlikda samolyot korpusiga ilinib qoldi.

10 nafar meksikalik desantchi Meksika harbiy havo kuchlari samolyotidan sakrashdi, 11-desantchining esa omadi kelmadi. Sakrash vaqtida parashyutning arqoni samolyot korpusiga ilinib qoldi. Desantchi bir necha daqiqa havoda turib qoldi.

Desant guruhi rahbarining ma`lum qilishicha, ushbu murakkab vaziyatga qaramay, samolyot bortidagi harbiylar desantchini samolyot bortiga qaytarishni uddalashgan.  Harbiyga hech qanday jarohat etmagan, ammo, shok holatiga tushgani inobatga olinib, u shifoxonaga etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar