AsosiyShou-biznes

Sofiya Rotaru Toshkentda kuylaydi!

Poytaxt ko`chalarida mashhur xonanda, Sofiya Rotaruning konserti haqidagi e`lonlar paydo bo`lganiga ancha bo`ldi.

Kuni kecha xonandaning o`zi ham o`zbekistonlik muxlislariga video-murojaat bilan chiqib, Toshkentdagi konsertni intiqlik bilan kutayotganligini ma`lum qildi.

Video-murojaat mazkur konsert tashkilotchisi “ART MODERN MUSIC” xalqaro prodyusserlik markazi rasmiy sayti www.artmusic.uz ga joylashtirilgan.

Konsert 2014 yil 3 sentyabr kuni soat 19.00 da “Istiqlol” konsert saroyida boshlanadi. Biletlar konsert saroyi kassalarida sotilmoqda.

Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, Sofiya Rotaruning ushbu konserti muxlislar uchun unutilmas voqea bo`lib qoladi. Boisi xonanda konsertga o`zgacha tayyorgarlik ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar