1

O`zbekiston delegasiyasi Erdo`g`onning inaugurasiya marosimida ishtirok etadi

Siyosat 08.07.2018, 17:45
O`zbekiston delegasiyasi Erdo`g`onning inaugurasiya marosimida ishtirok etadi

Oliy Majlis Senati raisi Nig`matilla Yo`ldoshev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Rajab Toyyib Erdo`g`anning Turkiya prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Inaugurasiya marosimi 9 iyul kuni bo`lib o`tadi. Shu kundan Turkiya parlament boshqaruvidan prezident boshqaruvi tizimiga o`tadi.

Eslatib o`tamiz, 24 iyun kuni bo`lib o`tgan prezident va parlament saylovlarida Erdo`g`an 52,59 foiz ovoz bilan g`olib bo`lgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1