Braziliyada mamlakat prezidentligiga nomzod bo`lganlarning ilk televizion debatlari bo`lib o`tdi. Barchaning e`tibori ikki ayol siyosatchilarga qaratildi.
Marina Silva – ekolog, bir yil avval Sosial partiya a`zosiga aylandi. Dilma Russeff- mamlakatning amaldagi prezidenti, So`l qanotdagi Mehnat partiyasi a`zosi. Ikkala ayol ham avvalari bir partiya a`zosi bo`lishgan. Euronews’ning xabar berishicha, o`tkazilgan ijtimoiy so`rovlar Marina Silva Dilma Russeffga nisbatan 6 foizga ko`p ovoz to`plashi mumkinligini ko`rsatmoqda.
Braziliya prezidentligiga uchinchi nomzod siyosatchi, markaziy partiya vakili Aesio Neves bo`lib turibdi. Ammo, so`rov natijalariga ko`ra, uni ovoz beruvchilarning atigi 16 foizi qo`llab-quvvatlashi mumkin va u prezident saylovlarining 2 turigacha etib bormasligi tahmin qilinmoqda.
Prezident saylovlarining birinchi turi 5 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.





