1

Nankin-2014. O`zbekiston umumjamoa hisobida 27-o`rinni band etdi

Sport 29.08.2014, 10:15
Nankin-2014. O`zbekiston umumjamoa hisobida 27-o`rinni band etdi

O`zbekiston delegasiyasi norasmiy umumjamoa hisobida 177 davlat vakillarini ortda qoldirgan holda 27-o`rinni band etishdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumki, norasmiy umumjamoa hisobida davlatlar tomonidan qo`lga kiritilgan medallarga mikst va jamoaviy bahslarda qayd etilgan natijalar kiritilmadi. Agarda O`zbekiston delegasiyasi tomonidan erishilgan natijalarni ham mikst va jamoaviy hisobda qo`lga kiritilgan oltin medallarsiz hisoblaydigan bo`lsak, hamyurtlarimiz boks, dzyudo, yunon-rum kurashi, og`ir atletika, sport gimnastikasi, taekvondo kabi sport turlarida 2 ta oltin, 3 ta kumush hamda 3 ta bronza medaliga sazovor bo`ldilar va norasmiy umumjamoa hisobida 177 davlat vakillarini ortda qoldirgan holda 27-o`rinni band etishdi. 

O`zbekiston delegasiyasi II o`smirlar yozgi olimpiada o`yinlarida medallarni qo`lga kiritish borasida Markaziy Osiyoda ikkinchi, MDH davlatlari orasida beshinchi, Osiyo qit`asida to`qqizinchi o`rinni egalladi. 

Quyida, ikkinchi o`smirlar yozgi olimpiada o`yinlarida sovrinli o`rinlarni band etgan sportchilar berilgan: 

Oltin – Bektemir Meliqo`ziev (boks) 

Oltin – Ilhom Bahromov (yunon-rum kurashi)

Oltin – Suhrob Tursunov (dzyudo, jamoaviy) 

Oltin – Vladimir Svechnikov (o`q otish, mikst) 

Kumush – Umida Abdullaeva (taekvondo) 

Kumush – Farhodbek Sobirov (og`ir atletika) 

Kumush – Sulaymon Latipov (boks) 

Bronza – Suhrob Tursunov (dzyudo) 

Bronza – Adhamjon Ergashev (og`ir atletika) 

Bronza – Timur Qodirov (sport gimnastikasi) 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1