1

O`zbekiston-Iordaniya uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi

Sport 29.08.2014, 11:58
O`zbekiston-Iordaniya uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi

4 sentyabr kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston-Iordaniya o`rtoqlik uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda O`FFning tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar beradi.

“4 sentyabrdagi O`zbekiston va Iordaniya o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi. Stadion kassalarida sotilmoqda”,-deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasining 4 sentyabr kuni Iordaniya va 8 sentyabr kuni Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o`tkaziladigan o`rtoqlik o`yinlari Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi.

Har ikkala uchrashuvning boshlanish vaqti soat 19:00ga belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1