AsosiyShou-biznes

1 sentyabr kuni “Seul parki”ning ochilishi bo`lib o`tadi

Mustaqqillik kuni poytaxtimizning Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`i hududida “Seul parki”ning ochilishi bo`lib o`tadi.

Seul shahar xokimi Pak Von Sun Seul fuqarolari nomidan O`zbekiston Respublikasi xukumatiga “Seul parki”ni barpo etishda bergan ko`maklari uchun minnatdorchilik bildirdi va 1 sentyabr kuni ushbu istirohat bog`ining ochilishiga barcha o`zbekiston aholisini taklif qildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

“Seul parki” ning qurilish ishlari Janubiy Koreya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan. Ushbu istirohat bog`ini barpo etishdan maqsad, Janubiy Koreya madaniyati, san`ati, urf-odatlari, milliy o`ziga hosliklarini namoyon etish va O`zbekiston hamda Janubiy Koreya davlatlari o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. 

    Boshqa yangiliklar