O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Raximxonning "Malikam, endi qara" qo`shig`iga rejissyor Sanjar Matkarimov va tasvirchi Narimon Sultonxo`jaev tomonidan 3 kun davomida klip suratga olindi.

Klip syujeti ham romantik, ham maxzun. Bosh rollarda aktrisa Asal Shodieva va Sug`diyona Azimovani ko`rishingiz mumkin. Klipning alohida jihati shundaki, bosh qahramon yigit rolini O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Raximxonning o`zi ijro etgan. Xonandani hali sira bunday rolda ko`rmagansiz. Klip premerasi sentyabr oyida bo`lib o`tadi.





