1

Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Siyosat 12.07.2018, 17:31
Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi.

Shu kungacha viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Turobjon Jo`raev qaysi lavozimga tayinlangani borasida aniq ma`lumotlar yo`q.

49 yoshli Turdimov 2016 yilning dekabr oyidan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bungacha u 1991 yildan 1995 yilgacha «O`zsanoatqurilishbank»ning hududiy bo`limlarida faoliyat ko`rsatgan. 1995-1996 yillarda Zarafshon shahar hokimi o`rinbosari lavozimida, 1996 yildan 2000 yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy bo`limida boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000 yildan 2008 yilgacha esa Navoiy viloyati Xatirchi tuman hokimi sifatida ishlagan.

2008 yilda qisqa vaqt o`sha vaqtlardagi Qishloq va suv xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan Turdimov, o`sha yildayoq Navoiy viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi. Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi bo`lguniga qadar Navoiyda faoliyat ko`rsatgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1